Rishtondagi “hashar”dan keyin tuman hokimi o‘zgardi
Jamiyat
−
31 iyul 2019
6454Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimi Tavakkaljon Rahimov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Tuman Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu to‘g‘rida qaror chiqarildi.
Sessiya ishida tashkilish masaladan tashqari, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi faollar ishtirokida tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
2018 yil fevral oyidan buyon tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Tavakkaljon Rahimovning o‘niga viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sufhonjon Soliyev Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi voqealar alangasi endigina so‘nishni boshlaganda, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuman rahbariyatiga nisbatan yangi ayblovlar bilan chiqqandi.