Rishi Sunak yana jarimaga tortildi

Olam

image

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videosida harakatlanayotgan mashinada xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rishi Sunak Angliya shimoli bo‘ylab sayohat qilayotganida hukumat xarajatlarini “ko‘paytirish”ning so‘nggi bosqichini targ‘ib qilish uchun video suratga olgan va uni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan. Videoda mashina orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan bosh vazir xavfsizlik kamarini taqmagani ko‘rinadi. Shuning uchun Lankashir politsiyasi (Angliya shimolidagi graflik) unga shartli ravishda jazo belgilagan. Politsiya Sunak xatosini tan olib, kechirim so‘raganini va jarima to‘lashini ma’lum qilgan.  

Ma’lumot uchun, Britaniya qonunchiligiga ko‘ra, xavfsizlik kamarini mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar ham taqishi shart. Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchilar esa 100 funt sterling (1 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Agar ish sudga oshirilsa, bu miqdor 500 funt sterling (7 mln so‘m)gacha oshishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Sunak hukumat tarkibida bo‘lgan davrida ikkinchi marta jarima to‘lash haqida ogohlantirilmoqda. O‘tgan yilning aprelida u o‘sha paytdagi bosh vazirning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashib, COVID blokirovkasi qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortigan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing