Rishi Sunak Britaniya Bosh vaziri lavozimiga nomzodini qo‘ydi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak Liz Trass o‘rniga Bosh vazir lavozimi uchun kurashga kirishdi. Bu haqda u bugun, 23 oktyabr kuni o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

"Buyuk Britaniya buyuk davlat, biroq biz chuqur iqtisodiy inqirozdamiz. Shuning uchun men Konservativlar partiyasi yetakchisi va bo‘lajak Bosh vazir lavozimiga nomzodimni qo‘yaman. Iqtisodiyotimizdagi muammolarni hal qilib, partiyamizni birlashtirib, yurtimizga xizmat qilmoqchiman”, deydi Sunak.

Uning saylovoldi kampaniyasidagi raqiblari Britaniya parlamenti Jamoalar palatasi rahbari Penni Mordont va sobiq Bosh vazir Boris Jonson bo‘lishi kutilmoqda.

Nomzod parlamentdagi ovoz berishning keyingi bosqichiga chiqish uchun fraksiyadagi hamkasblarining 100 dan ortiq ovozini to‘plashi kerak. Ularning umumiy soni 357 nafar.

“Sky News” xabariga ko‘ra, Sunak hozircha to‘siqdan o‘tgan yagona nomzoddir. O‘z navbatida, o‘z niyatlari haqida hali bayonot bermagan Jonsonni 57 ta tori-deputatlari omma oldida qo‘llab-quvvatlagan. Mordontni esa konservativ fraksiyaning 23 a’zosi qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni Liz Trass Konservativlar partiyasi yetakchisi va Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimlarini tark etishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing