Rimda Germaniyaning “sobiq va bo‘lajak kanslerlari” Bayden bilan uchrashdi
Olam
−
30 Oktabr 2021
4415Germaniya kansleri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Angela Merkel va AQSH Prezidenti Jo Bayden Rimdagi G20 sammiti doirasida uchrashdi. Muzokaralarda (katta ehtimol bilan) bo‘lajak kansler Olaf Shols ham ishtirok etdi. Uchrashuvda olingan suratlar bugun, 30 oktyabr kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasi Matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
“Germaniya-Amerika do‘stligi ruhidagi uchrashuv”, deb yozgan hukumat matbuot kotibi Shteffen Zaybert.
Qayd etish kerakki, Merkel joriy yilning 26 oktyabridan beri Germaniya kansleri emas, u hukumat shakllangunga qadar vaqtincha ushbu postni egallab turibdi. Joriy yilning dekabr oyida Germaniyada yangi hukumat tuzulishi va Sholsning kanslerga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni Germaniyada mamlakat parlamenti – Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (SDP) 25,7 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ushbu partiya yetakchisi Olaf Shols Angelaning lavozimiga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi