Rim papasi Ukrainadagi mojaroni jahon urushi deb atadi
Olam
−
18 dekabr 2022
5320Ukrainadagi mojaro jahon urushi va yaqin orada tugamaydi. Bu haqda Rim papasi Fransisk ABC gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining diniy maslahatchilaridan birini menga uchinchi marta yubormoqda. Men aloqadaman, qabul qilyapman, yordam beryapman. Lekin men qisqa muddatda mojaro yakunini ko‘rmayapman, chunki bu jahon urushi”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urushda allaqachon bir nechta qo‘llar va ko‘plab manfaatlar bor.
Shuningdek, u hech kim uning Ukrainada tinchlik o‘rnatish haqidagi chaqiriqlariga e’tibor bermayotganidan shikoyat qilgan.
Bundan tashqari, Rim papasi cherkov va ruhoniylarning roli haqidagi fikrlarini aytib o‘tgan. Fransiskga ko‘ra, cherkovning vazifasi xalqqa hamrohlik qilishdir.
“Ruhoniy siyosatga aralasha boshlagani noto‘g‘ri, u odamlarga to‘g‘ri tanlov qilishga yordam berishi kerak, lekin siyosatchi bo‘lmasligi kerak. Agar u siyosatga kirmoqchi bo‘lsa, o‘z qadr-qimmatini tashlab, siyosatchi bo‘lsin”, deydi Fransisk.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Vatikandagi elchisi Aleksandr Avdeyev Rim papasi Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashinuvida ishtirok etayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi