Rim Papasi Pompeo bilan uchrashishdan bosh tortdi

Olam

image

Rim Papasi Fransisk AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashishdan bosh tortdi. Bu haqda Vatikanning davlatlar bilan munosabatlar bo‘yicha kotibi Pol Richard Gallaxer ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Vashington AQSH saylov kampaniyasiga pontifikni jalb qilishga urinmoqda.

"Bu Rim Papasining AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashmasligiga sabablardan biri, xolos", degan Gallaxer. 

Bundan tashqari, Gallaxer AQSH o‘zining Xitoy bilan raqobatiga Vatikanni ham jalb qilmoqchi ekanligini istisno qilmadi. Darvoqe, Pompeo Italiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida Pekinni din erkinligini cheklashda ayblab ulgurgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabrda o‘tkaziladi. Ayni paytda AQSHda prezidentlik poygasi avjida. 

29 sentyabrda amaldagi Amerika rahbari Donald Tramp va Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden birinchi debatini o‘tkazgandi. Siyosatchilar 96 daqiqa davomida bir-birlarini haqorat va ayblovlar bilan siylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing