Reja ish bermadi, qo‘lga tushdi

Jamiyat

−

image

Farg‘ona viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar hamda “O‘zneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda dizel yonilg‘isining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Unda “Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro I.B. boshqaruvida bo‘lgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina sisternasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 20 million so‘mlik jami 5 ming litr miqdordagi dizel yonilg‘isi borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing