Restoran va kafelar soat 20:00 keyin ham ishlashiga ruxsat berilishi mumkin. Agar...

Jamiyat

image

Xodimlari to‘liq emlangan ovqatlanish joylariga qo‘yilgan cheklov olib tashlanadi. Bu haqda bugun, 23 iyul kuni O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashish doirasida qilinayotgan ishlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalar borasida bo‘lib o‘tgan brifingda Botir Qurbonov ma’lumot berdi.

O‘z xodimlarining emlanishini yetarlicha ta’minlagan oshxona, kafe, restoranlarga cheklangan muddatdan tashqari ishlashlariga ruxsat berilishi mumkin. 

Ma’lum qilinishicha, agar jamoasi to‘liq emlangan bo‘lsa, ish vaqtini soat 20:00 dan keyin ham biroz muddatga uzaytirish mumkin bo‘ladi.

Aytish joizki, Respublika maxsus komissiyasi bu jarayon qanday bo‘lishi haqida aniq tartibni va muddatini hali e’lon qilgani yo‘q.

Avvalroq, deputatlar ovqatlanish maskanlari bo‘yicha cheklovlarni yengillashtirishni so‘rashgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyulidan boshlab,  umumiy ovqatlanish ob’ektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga ruxsat berilgandi. 

Shuningdek, umumiy ovqatlanish shahobchalari  tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtlardagina shug‘ullanishlariga ruxsat berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing