Respublika sud ekspertizasi markaziga yangi direktor tayinlandi
Jamiyat
−
06 mart 2019 7175 1 daqiqa
H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga yangi direktor tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining bugun, 6 martdagi buyrug‘i bilan Akrom Utamurodovich Xalilov H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori lavozimiga tayinlangan.
Bugungacha markaz direktori lavozimida ishlab kelgan Xudoyor Teshayevich Mamatov boshqa lavozimga o‘tkazilgani aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Respublika sud ekspertizasi markazining yangi rahbari Akrom Xalilov shu kungacha Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr