Respublika hududiga hafta oxirida sovuq havo oqimi kira boshlaydi
Bu qiziq
−
06 noyabr 2020
197268 noyabrda respublika hududiga Kavkaz tomondan sovuq va nam havo oqimi kira boshlaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kun davomida sovuq oqim respublikaning shimoli g‘arbiy tumanlariga tarqaladi. Kechga borib u O‘zbekistonning markaziy tumanlariga o‘tadi. Ushbu jarayonda respublika bo‘yicha bulutlilik ortadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘adi. 8 noyabr kechqurun va 9 noyabr ertalab mamlakatning markaziy va janubi sharqiy tumanlarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘irning qorga aylanish ehtimoli bor, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Respublika hududining katta qismda harorat 15-20 daraja, shimolda 8-13 daraja bo‘ladi.
Keyingi haftaning boshida ham havo harorati pasayishi kutilmoqda. Respublika hududida tungi harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi