Reshford noma’lum muddatga safdan chiqdi

Sport

image

Angliyalik hujumchi Markus Reshford “Manchester Yunayted”ning navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

25 yoshli hujumchi 8 aprel kuni “Everton”ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat olgandi. Tibbiy ko‘riklar natijasiga ko‘ra, futbolchi keyingi o‘yinlarda qatnasha olmasligi, lekin mavsum yakuniga qadar maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Ertaga, 13 aprel kuni “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi chorak finalida “Sevilya”ga qarshi bahs olib boradi.

Joriy mavsumda Premer-liganing 29 o‘yinida Reshford 15 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi. “Transfermarkt” portali uning qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Reshford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing