Kreml Klinton yolg‘on gapirganini aytdi
Olam
−
11 aprel 2022
14262Avvalroq, AQSHning 42-Prezidenti Bill Klinton davlat rahbari bo‘lgan davrda Rossiyaning Birinchi Prezidenti Boris Yelsinga, keyinroq uning o‘rniga kelgan Vladimir Putinga NATOga a’zo bo‘lishni taklif qilganini aytgani haqida xabar bergan edik.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Klintonning mazkur fikrlarini inkor qildi. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning NATOga kirishining iloji yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan.
“Menda bunday ma’lumot yo‘q, lekin aniq bilaman, Amerika tomoni bunday a’zolik mumkin emasligini bir necha bor ta’kidlagan. De-fakto, aksincha, eshiklar yopilgani aytilgan edi, chunki bu prinsipial jihatdan mumkin emas”, deya ta’kidlagan u jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Klinton o‘z maqolasida Rossiyaning “XXI asrning buyuk demokratik davlatiga aylanishi” uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasiga Boltiqbo‘yi davlatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqish uchun 1,6 milliard dollar ajratgan, Rossiya “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturida va turli tinchlikparvar missiyalarda ishtirok etgan, shuningdek, “Katta yettilik”ga taklif qilingan va tuzilma “Katta sakkizlik”ka aylangan.
2017 yilda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida Bill Klintonga Rossiyaning NATOga qo‘shilishi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilganini aytgan edi.
LiveBarchasi