Rembrandtning shu kunga qadar noma’lum bo‘lgan ikki surati topildi

Madaniyat-san’at

image

Rembrandt qalamiga mansub shu kunga qadar nomalum bo‘lgan ikki portret topildi. Ularda rassomning uzoq qarindoshlari tasvirlangan. Bu haqda CNN xabar berdi.

Rembrandtning noyob va ilgari noma’lum bo‘lgan portretlari Buyuk Britaniyadagi shaxsiy kolleksiyadan topildi va 11,2 million funt sterlingga (14,3 million AQSH dollar) sotildi. 

“Christie” auksion uyiga ko‘ra, suratlarda rassomning qarindoshlari tasvirlangan. 1635 yil sanasi bilan imzolangan sakkiz dyuymli ushbu portretlarda Gollandiyaning Leyden shahridagi taniqli oilalardan bo‘lgan badavlat santexnik Yan Villemsz van der Pluym va uning rafiqasi Yaapgen Karels tasvirlangan. Ularning o‘g‘li Dominicus van der Pluym Rembrandtning jiyani Korneliya van Suytbroek bilan turmush qurgan. Er-xotinning Karel van der Pluym ismli bitta farzandi bor edi. Uning Rembrandt bilan munosabatlari yaxshi edi. Hatto u rassomning tirik qolgan yagona merosxo‘ri Titusni o‘z vasiyatnomasiga kiritgan.

Shuningdek, 1635 yilda, portretlar chizilgan yili, bu qarindoshlar Leyden shahridagi Rembrandtning onasi uyi yonidan bog‘ olishgan.

"G‘ayrioddiy tomoni shundaki, rasmlar butunlay noma’lum edi. Ular hech qachon XIX yoki XX asrdagi Rembrandt adabiyotining hech birida uchramagan, shu sababli ular butunlay noma’lum edi”, deydi “Christie” auksion uyi kafedra muovini Pettifer.

San’at asarlari 1760 yil – er-xotinning chevarasi Marten Ten Xov vafotigach oilaning shaxsiy mulki bo‘lib kelgan. Shundan so‘ng ular qisqa muddat Varshavada, graf Vinsent Potokki shaxsiy kolleksiyasida saqlangan. 1820 yildan boshlab esa Parijdagi “Baron d`Ivri”, so‘ngra 1-baron Glenlyon Jeyms Myurrey kolleksiyasdan joy oldi.

“Ular katta, rasmiy buyurtma qilingan rasmlar emas. Menimcha, ular biz bilgan rassom chizgan eng kichik portretlardir”, dedi Pettifer.

Rasmlar 6 iyul kuni Londonda “Christie” auksion uyining “Old Master Part I” kim oshdi savdosida 53,9 million funt sterling (69 million AQSH dollari) dan ko‘proqqa sotildi. 

Eslatib o‘tamiz, Britaniya qiroli Charlz III ning bolalikda rangli qalamlar bilan chizgan suratlari Charlz Henson auksionida 46 ming funt sterling (taqriban 59 ming AQSH dollari)ga sotilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rembrandt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar