Rektorlar “kvartira”da yashayotgan talabalarga ajratilgan pulning 1/5 qismini ishlatgan. Qolgani qani?
Jamiyat
−
04 mart 2022
11265Ijarada yashayotgan talabalarga 2022 yilda byudjetdan 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan. Ya’ni, rektorlarga o‘tgan ikki oyda 24 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Biroq, ushbu mablag‘lardan atigi 5 milliard so‘m ishlatilgan. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
“2021 yilda talabalar yotoqxonasi bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin, barcha hududlarda ham ishlar bir xilda olib borilmayapti”, dedi Prezident yig‘ilishda.
Qayd etilishicha, bugungi kunda ehtiyoji bo‘lgan talabalarning 90 ming nafari yotoqxona bilan ta’minlangan, xolos. Misol uchun, 2022 yilda xususiy sherikchilik asosida 19 ming o‘rinli 47 ta talabalar yotoqxonasini qurish belgilangan bo‘lib, subsidiyalar uchun byudjetdan 180 milliard so‘m ajratilgan.
Davlat rahbari bugungi kunda Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda ish boshlanmaganini tanqid qildi.
Shuningdek, ijarada yashayotgan talabalarga 2022 yilda byudjetdan 120 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan. Ya’ni, rektorlarga o‘tgan ikki oyda 24 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Biroq, ushbu mablag‘lardan atigi 5 milliard so‘m ishlatilgan.
“Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, qaysi oliygoh rektori yotoqxona qurilishining 50 foizini o‘z oliygohi mablag‘i hisobidan qilish tashabbusini bildirsa, qolgan 50 foizi byudjetdan qoplanishi belgilangan.
LiveBarchasi
Toshkentda podstansiya yonib ketdi.
11 aprel