Rektor “Mehrobdan chayon”ni inglizchaga tarjima qildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2019
7844Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga “Mehrobdan chayon” romanini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
Asar tarjimasi AQSHlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi. Tez kunlarda kitobxonlarga “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida taqdim qilinadi.
I.To‘xtasinov o‘zbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shug‘ullanib, shu kunga qadar Alisher Navoiy g‘azallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik asarlari hamda G‘afur G‘ulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekistonda XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda.
LiveBarchasi