Rekord yangilandi. O‘zbekistonda eng qimmat avtomobil raqami sotildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyun kuni 10 777 ZZZ raqam belgisi auksionda 1 mlrd 638 mln so‘mga sotildi. Mazkur raqam savdosi avtoraqam.uzex.uz portalida onlayn o‘tkazilgan.

Raqam avtoraqamlar onlayn auksionida joriy yilning 5 iyun kuni savdoga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 187 mln 500 ming so‘m bo‘lgan.  

Raqamni 1 mlrd 638 mln so‘mga Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro sotib olgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan 01 888 BBB avtoraqami 1 mlrd 14 mln so‘mga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil' raqami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar