Rekord yangilandi: Toshkentda ota 2,4 mlrd so‘m aliment to‘ladi

Jamiyat

image

Kecha, 19 avgust kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida qarzdor ota 2,4 mlrd so‘m miqdoridagi aliment pullarini oldindan to‘ladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, sudning buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.J.dan undiruvchi Sh.D. foydasiga voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uchun daromadining ½ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati byuroning Uchtepa tuman bo‘limiga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 

Shuningdek, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan javob xatlarga ko‘ra, qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklari qayd etilmagan.

O‘tkazilgan ijro harakatlar davomida qarzdor Sh.J. voyaga yetmagan 4 nafar farzandi ta’minoti uchun ular to voyaga yetguniga qadar oldindan to‘lanadigan aliment miqdorini hisoblab berishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan. 

Shunga ko‘ra, aliment qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining 50 foizi miqdorida joriy yilning 1 avgustidan 2041 yilning 1 apreliga qadar (16 yillik) jami  2 mlrd 442 mln 482 ming 580 so‘m hisoblangan.

Olib borilgan ijro harakatlar davomida qarzdor Sh.J. tomonidan jami 2 mlrd 442 mln 482 ming 580 so‘m miqdorida aliment pullari uy ko‘rinishida undiruvchi Sh.D.ga o‘tkazib berilgan hamda undiruvchining roziligiga asosan ijro hujjati amalda tamomlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida fuqaro 1 nafar farzandi uchun 2,2 mlrd so‘mlik aliment mablag‘ini bir kunda to‘lab, rekord o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Uchtepa aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing