Rekord: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10 000 dan oshdi

Jamiyat

image

5 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana  84 nafarga ortib, 10020 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

- 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida; 

- 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida);

- 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida); 

- 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan.
 
Bugun poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 66 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 26 nafar va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6584 (+159) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 3402 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston koronavirus Rekord

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing