“Reklamaga muhtoj emasman”. Davron Ergashev akula hujumiga uchragani haqida gapirdi (video)

Madaniyat-san’at

image

Taniqli xonanda Davron Ergashev 21 iyul kuni dengizda cho‘milayotgan vaqtida akula hujumidan bazo‘r qutulib qolgani haqida gapirib, o‘z Instagram sahifasiga video joyladi. Bu video bir qancha salbiy izohlarga sabab bo‘ldi. 

Davron Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, obunachilar uni piar qilganlikda ayblagan. Sababi videoda akula ko‘rinmagan. Ularga javoban xonanda bir nechta rasm va videoni qaytadan sahifasiga joyladi va “yaxshilab, faqat ikkita ko‘z bilan qaranglar”, deb yozib qoldirdi. 

“Davron Ergashev piar qildi, deb tushunmaganlar boshni og‘ritib yotibdi. O‘zi piar qilishni ham bilmayman. Bizga reklama va piar shart emasku, Xudoga shukr”, dedi xonanda yana bir videosida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Misrning Xurgada shahridagi plyajda akula rossiyalik 23 yoshli sayyohni yeb qo‘ygan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Davron Ergashev akula hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar