Reklama bozorini boshqaruvchi davlat tashkiloti belgilandi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019
2950O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Iste’molchilarga tovarlar, ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlash Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
LiveBarchasi