Huawei Markaziy Osiyoda intellektual tizimlar rivojlanishini jadallashtiradi
Biznes
−
18 may
2147Huawei Cloud “sun’iy intellekt uchun bulut” strategiyasining bir qismi sifatida QingTian taqsimlangan arxitekturasi, AI ma’lumotlar ombori, GaussDB ma’lumotlar bazasi va raqamli intellektual integratsiyasi platformasi kabi mahsulotlar va yechimlarni ishlab chiqdi. Ular bulutlar, tarmoqlar, chekka qurilmalar va terminallar bo‘ylab qabul qilish va foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda turli sohalardagi mijozlarga tizimli innovatsiyalar orqali intellektual bulut infratuzilmasini yaratishda yordam beradi.
“Sanoat uchun sun’iy intellekt” keng ko‘lamli modellar va ilovalar uchun kuchli asosni ta’minlovchi ochiq, alohida uch bosqichli Huawei Cloud'ning Pangu modeli orqali turli sanoat modellari bo‘yicha sun’iy intellekt va sanoat ehtiyojlari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga yordam berishga qaratilgan.
Chen ta’kidlaganidek, Huawei Cloud “Sun’iy intellekt uchun bulut, sanoat uchun sun’iy intellekt” tamoyillariga amal qiladi va tizimli innovatsiyalar orqali intellektual bulutli bazalarni quradi va korxonalarga katta modellar davrida yetakchi o‘rinni egallashga yordam beradi.
Sammitda Huawei Cloud biznes giruhi korporativ sun’iy intellekt xizmatlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari xizmatlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Li Vey sun’iy intellektning Videoga mos tendensiyasi va Huawei sun’iy intellekt videoxizmati va yechimlari hukumatlar va korxonalarga intellektual texnologiyalar orqali samaradorlikni oshirishga qanday yordam berishi haqida batafsil ma’lumot beruvchi Huawei Cloud AI video xizmati oq Kitobini (White Paper) taqdim etdi.
“Pangu oldindan o‘rgatilgan katta modellaridan qanchalik ko‘p foydalansangiz, shuncha yaxshi bo‘ladi. Pangu tomonidan ishlab chiqarilgan AI video xizmati kameralarga gapirish imkonini beradi”, dedi Li Vey.
Huawei Cloud TechWave Summit 2024 doirasida Huawei Cloud hamkorlari – Percent, Iflytek, Dyna.ai, Neuxnet, 51WORLD, HCL, 863soft va boshqalar bilan birgalikda dinamik ekotizimni rivojlantirish uchun ma’lumotlar konvergensiyasi va sun’iy intellekt uchun ekotizim Ittifoqini ishga tushirdi va u murakkab muammolarni hal qilish va tarmoqlar bo‘ylab yangi imkoniyatlarni ochish uchun bulutli hisoblash va AI texnologiyalari kuchidan foydalanadi.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun Huawei Tech Carnival & Partner Summit 2024 13-15 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tadbirning mavzusi “Sanoat intellektualligini jadallashtirish”. Tadbirda O‘zbekistonning davlat xizmatlari, moliya, ta’lim va operator segmenti delegatsiyalari ham ishtirok etdi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi