Referendumda qatnashgan mashhurlar (fotoreportaj)

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 30 aprel kuni soat 08:00 dan O‘zbekistonning barcha hududlarida referendumda ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ushbu referendumda ko‘plab san’atkorlar, shou-biznes vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etmoqda.

Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘iyos Boytoyev ham saylov uchastkasida bo‘lib, referendumda ovoz berdi.

“Shuhrat” medali sohibasi, xonanda Ozoda Nursaidova ham ushbu referendumda o‘z ovozini berdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkor Mavluda Asalxo‘jayeva ham referendumda ishtirok etib, ovoz berdi.

“Bojalar” guruhi solisti, xonanda Jahongir Poziljonov ham referendum uchastkalaridan birida o‘z ovozini berdi.

Kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva ham mazkur jarayonlarda qatnashib, ovoz berdi.

Jurnalist Anvar Azimov Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi referendum uchastkalaridan birida o‘z ovozini berdi.

O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova ham saylov uchastkasida bo‘lib, referendumda ovoz berdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov ham ushbu referendum jarayonlarida ishtirok etib, fuqarolik huquqidan foydalandi.

Shou-biznesning yorqin vakillaridan biri xonanda Imron ham referendumda o‘z ovozini berdi.

Mashhur xonanda Lola Yo‘ldosheva referendum uchastkasiga ovoz berish uchun bordi.

Bundan tashqari, taniqli aktyor Aziz Rametov ham o‘z oilasi bilan birgalikda saylov uchastkasiga borib, ovoz berdi.

Xonanda Sardor Mamadaliyev ham ushbu referendumda o‘z ovozini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made