Referendumda qancha xersonliklar ovoz bergani ma’lum qilindi
Olam
−
25 Sentabr 2022
24546Ikki kun davomida Xerson viloyatining 16 mingdan ortiq aholisi Rossiyada joylashgan saylov uchastkalarida referendumda ovoz berdi. Bu haqda viloyat saylov komissiyasi raisi Marina Zaxarova ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi hududida joylashgan xorijiy saylov uchastkalarida 24 sentyabr kuni 5100 nafar, jami ikki kunlik ovoz berish jarayonida Rossiya hududida 16440 nafar fuqaro ovoz berdi”, deydi u.
Qayd etilishicha, Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum 23 sentyabr kuni ertalab Zaporoje va Xerson viloyatlari, shuningdek, (tan olinmagan) Donetsu va Luganck xalq respublikalarida boshlangan. Ovoz berish uchun 27 sentyabrgacha vaqt berilgan.
Hududlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vazirligi “Donetsk” va “Lugansk xalq respublikalari” deb ataluvchi hududlarda, shuningdek, Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlarida ayirmachilar nazorati ostidagi bosib olingan hududlarda o‘tkazilgan psevdoreferendumga aloqadorlarning barchasi jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgan edi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi