Referendum xalqimizning siyosiy ongi yuksalganini ko‘rsatdi – Mirziyoyev (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv boshlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlati rahbari o‘z nutqining avvalida Konstitutsiya bo‘yicha referendum yakunlariga to‘xtaldi.

“Xabaringiz bor, shu yil 30 aprel kuni mamlakatimiz hayotida hech shubhasiz tom ma’nodagi ulkan tarixiy voqea bo‘lib o‘tdi. Birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarimizning mutlaq ko‘pchiligi “Bu – mening Konstitutsiyam”, deb g‘urur bilan ovoz berdi”, deydi Prezident.

 Shuningdek, davlat rahbari O‘zbekiston aholisining referendumda ishtiroki haqida gapirgan.

“Referendum keyingi yillarda xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashi naqadar yuksalganini amalda ko‘rsatdi. Ushbu tarixiy tanlov orqali xalqimiz bundan olti yil oldin boshlagan islohotlarimizga katta ishonch bilan qarab, ularni to‘la qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor namoyon etdi. El-yurtimizning ana shunday azmu qarori asosida davlatchiligimiz va iqtisodiyotimizni bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratilgani qayd etildi”, dedi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing