Referendum byulletenida bor-yo‘g‘i bitta savol, 2 ta javob varianti bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendum uchun ovoz berish byulletenida bor-yo‘g‘i bitta savol va unga javob variantlari ko‘rsatiladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, MSKning kecha, 5 aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasining referendumida ovoz berish byulletenining shakli va tavsifi tasdiqlangan.

Referendumda ovoz berish byulleteniga “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi hamda Oliy Majlis Senatining 14 martdagi qarorlarida ko‘rsatilgan masalaning matni kiritildi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yo‘q” deb ko‘rsatildi. Shuningdek, ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida ham tushuntirish beriladi.

Ovoz berish byulletenlarini ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlanadi.

Ovoz berish byulletenlari referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish byulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing