“Real” joriy transfer oynasida yana o‘yinchi xarid qiladimi? Anchelotti javob berdi
Sport
−
15 iyul 2022 3497 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining hozirgi tarkibi kuchli ekanligini ta’kidladi va boshqa futbolchi taklif etmoqchi emasligini e’lon qildi.
“Ryudiger biz bilan baxtli, Tchuameni va Azar yangi mavsumda jamoaga yordam berishiga ishonaman”, degan bosh murabbiy.
Madrid klubi mazkur transfer oynasida Tchuamenini “Monako”dan 80 million yevro evaziga xarid qildi. Ryudiger esa erkin agent sifatida qirollik klubiga kelib qo‘shildi.
Luka Yovich, Marselo, Beyl va Isko bu transfer oynasida erkin agent bo‘lib jamoani tark etdi.
Ibrohim Davronov
Live
Barchasi