“Real” o‘z himoyasini fransiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi
Sport
−
01 mart 2025 2052 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi himoyachilar Antonio Ryudiger va David Alabaning shartnomalari tugaydigan 2026 yilgacha jamoa himoyasini kuchaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Londonning “Arsenal” jamoasining 23 yoshli markaziy himoyachisi Vilyam Salibaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Real” klubi fransiyalik futbolchini 2027 yilning yozida, uning “kanonirlar” bilan shartnomasi tugaganda tekinga yoki 2026 yilning yozida arzonlashtirilgan narxda qo‘lga kiritish variantini o‘rganmoqda.
Joriy mavsumda Saliba barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning muhim futbolchilaridan biri jamoasining “Betis”ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral