“Real” “Siti” va Husanovni ayab o‘tirmadi

Sport

image

20 fevralga o‘tar kechasi Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadioni mezbonlik qilgan bahsda “Real” “Manchester Siti”ni qabul qilib, yirik 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsda madridliklarning barcha goliga fransiyalik Kilian Mbappe mualliflik qildi. 4,33 va 61-daqiqalarda Mbappe Ederson darvozasiga aniq zarbalar yo‘llab, uchrashuvga nuqta qo‘ydi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida Niko gol urib, hisobdagi farqni qisqartirdi.

E’tiborlisi, mazkur uchrashuvda “Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov klub safida Chempionlar ligasidagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan 20 yoshli Husanov to‘liq 90 daqiqa maydonda harakatlandi.

Shunday qilib, “Real” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. 21 fevral kuni YeCHLning 1/8 finaliga qur’a tashlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing