“Real” “Siti”ga qarshi o‘yinda klub antirekordini qayd etdi
Sport
−
27 aprel 2022
3631“Real Madrid” Chempionlar ligasi yarim finalida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin boshida ikki marta gol o‘tkazib, klub tarixidagi antirekordini qayd etdi. Ispaniya klubi o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasida 11 daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne hisobni ochdi. 11-daqiqada hujumchi Gabriyel Jezus oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.
Shundan so‘ng, ko‘pchilik “los blankos”ning “nokaut”ga uchrashini kutgandi. Biroq “qaymoq ranglilar” o‘yinning borishini o‘zgartira oldi. Karim Benzema va Vinisius Junior tomonidan kiritilgan gollar madridliklarning finalga chiqish umidini saqlab qoldi. “Qirollik” klubi yana bir bor o‘ziga berilgan har qanday zarbaga javob berolishini isbotladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Real” va “Siti” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4 may kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi