“Real” safarda “Selta”ni mag‘lubiyatga uchratdi

Sport

image

Kecha, 6 mart kuni Ispaniya chempionatining 27-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Real Madrid” safar o‘yinida “Selta”ni kichik 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Vigo shahrida o‘tgan uchrashuvda dastlab madridliklar oldinga chiqib oldi. 11-daqiqada Orelen Tchuameni hisobni ochdi. 25-daqiqada mezbonlar safida Borxa Iglesias muvozanatni tikladi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida, aniqrog‘i 90+4-daqiqada Federiko Valverde jamoasining 2-golini urib, “Real Madrid”ni g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa, La Liganing so‘nggi ikki o‘yinida mag‘lub bo‘lgan “Real Madrid” muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Madridliklar hozirda 64 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va bitta o‘yin ko‘p o‘tkazgan holda “Barselona”dan bir ochkoga ortda qolmoqda. “Selta” esa 40 ochko bilan oltinchi pog‘onada joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” Federiko Val'verde “Sel'ta”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing