“Real” PSJ futbolchisi uchun 100 million yevro taklif tayyorlamoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Fransiyaning PSJ klubida to‘p surayotgan 20 yoshli Dezire Due transferi uchun 100 million yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.


Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubida bosh murabbiy Luis Enrike hamda hujumchi Usmon Dembele o‘rtasidagi ichki ziddiyatlar klub ichida beqaror muhit yuzaga keltirgan. 
“Real Madrid” esa vaziyatdan foydalanishga umid qilmoqda. Duening iste’dodi Lamin Yamal bilan qiyoslanmoqda. Uning tezligi va zarbalarni aniq yakunlash qobiliyati uni “qirollik klubi” uchun strategik ustuvor transfer maqsadiga aylantirgan.

Klub prezidenti Florentino Peres transferni boshqa Yevropa gigantlari kurashga qo‘shilishidan avval yakunlashni istamoqda. Madrid klubi ushbu bitimni ortiqcha xarajat emas, balki kelajak uchun investitsiya sifatida baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Due “Renn” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yil yozida 50 million yevro evaziga PSJ safiga qo‘shilgan. Joriy mavsumda futbolchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Real Madrid” Dezire Due

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing