“Real” posboni safga qaytdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi darvozaboni Kepa Arrizabalaga jamoa futbolchilari bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kepa 2 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Granada”ga qarshi La Liganing navbatdagi turida maydonga tushishga tayyor, biroq o‘sha kuni posbon zaxirada qoldirilishi ehtimoli ham bor, chunki Arrizabalaga 5 noyabrdan beri maydonga tushmayapti. 

So‘nggi to‘rtta o‘yinda ukrainalik Andrey Lunin maydonga tushdi va u ikkita bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti darvozabon Kepa Arrizabalagani doimiy ravishda jamoada olib qolish istagini bildirmoqda. Hozirda Kepa “Real”da bir yillik ijara asosida o‘ynamoqda. Murabbiy Madrid klubi rahbariyatini mazkur transfer zarurligiga ishontirmoqchi. Qayd etilishicha, agar transfer muvaffaqiyatli amalga oshsa, Kepa jamoaning Tibo Kurtuadan keyingi ikkinchi darvozaboniga aylanadi, Andrey Lunin esa jamoani tark etadi.

Joriy mavsumda Kepa “Real” safida turli turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol o‘tkazib yubordi. Futbolchining “Chelsi” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. Uning “Transfermarkt” portaliga ko‘ra narxi 18 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kepa Arrizabalaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing