“Real”ning yana bir a’zosi jarohat oldi
Sport
−
28 noyabr 2024 2346 1 daqiqa
Madridning “Real” klubida to‘p surayotgan fransiyalik yarim himoyachi Eduardo Kamavinga Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, safdan chiqdi.
22 yoshli yarim himoyachi ikkinchi bo‘lim boshida almashtirildi. Kamavinga chap oyog‘ining orqa qismidagi noqulaylikni his qilib, maydonni oqsoqlab tark etdi.
Bugun, 28 noyabr kuni Eduardo tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va uning tiklanish muddati aniqlanadi.
Hozirga kelib “Real”da jarohatlanganlar soni 7 nafarga yetdi. Kamavingadan tashqari Vinisius, Rodrigo, Chuameni, Eder Militao, Dani Karvaxal va David Alaba jarohat olgan.
Qayd etish joiz, o‘yin “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi va “qirollik klubi”ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Kamavinga joriy mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025