"Real”ning stadioni ulkan omborxonaga aylantiriladi

Sport

image

Madridning "Real” futbol klubi rahbariyati "Santyago Bernabeu" stadionini koronavirusga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni saqlash joyiga aylantiradi. Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dori-darmonlar turli tashkilot va korxonalardan tushgan xayriya mablag‘lari orqali yig‘iladi.

“Real” jamoasi Sport Oliy Kengashi (COK) bilan hamkorlikda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda ishlatiladigan strategik tibbiy vositalarni Madridga yetkazib berish va tarqatish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. Barcha to‘plangan zaxiralar hukumat boshchiligidagi Ispaniya sog‘liqni saqlash idoralariga topshiriladi. Bu choralar hozirgi favqulodda vaziyatlarda zarur bo‘lgan resurslardan samarali foydalanish uchun amalga oshiriladi", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, "Real” rahbariyati xayriya yig‘ish boshlanganini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘plangan pullar Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

"Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar