“Real”ning sobiq futbolchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 14 aprel kuni “Real” va Kolumbiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Freddi Rinkon 55 yoshida olamdan o‘tdi. Sobiq futbolchi baxtsiz hodisa natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda ESPN Futbol Argentina telekanali o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qilgan.
 
Joriy yilning 11 aprel kuni Rinkon boshqaruvida bo‘lgan avtomobil Kalidada (Kolumbiya) avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Natijada, Freddi reanimatsiyaga yotqizilgandi. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchilari ham og‘ir bo‘lmagan jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Rinkon 1995 va 1996 yillarda "Real"da o‘ynagan. Yarim himoyachi 1986 yildan 2004 yilgacha davom etgan faoliyati davomida “Napoli” hamda bir qator Kolumbiya va Braziliya klublarida ham to‘p surgan. U 1990-2001 yillarda Kolumbiya terma jamoasiga ham chaqirilgan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing