“Real”ning sobiq futbolchisi Islom dinini qabul qildi

Sport

image

“Real”, “Milan” va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeyedorf Islom dinini qabul qildi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Zeyedorf Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Islomni qabul qilgan.

“Bu yoqimli xushxabar. Musulmon oilasiga qo‘shilganim munosabati bilan kelgan barchaga tashakkur. Dunyodagi barcha birodarlar va opa-singillarimga qo‘shilganimdan juda xursandman. Ayniqsa, Sofiya menga Islomning ma’nosini chuqurroq o‘rgatdi. Ismimni o‘zgartirmaganman va ota-onam tomonidan berilgan Klarens Zeyedorf ismimni qo‘yishda davom etaman. Dunyodagi barchaga o‘z sevgimni yo‘llayman!”, deya izoh qoldirgan futbolchi.

Zeyedorf “Real”, “Ayaks”, “Sampdoriya”, “Inter”, “Milan” va “Botafogo” klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1028

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing