“Real”ning sobiq futbolchisi Germaniya klubiga o‘tmoqda
Sport
−
26 avgust 1957 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasini shu yozda tark etgan ispaniyalik futbolchi Lukas Vaskes Germaniyaning “Bayer Leverkuzen” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, erkin agentga aylangan Vaskes bugun, 26 avgust kuni “Bayer Leverkuzen” bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchi allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va barcha kerakli muzokaralarni yakunlagan.
Vaskes “Real Madrid” jamoasi bilan 16 yillik faoliyati davomida 5 marta Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya chempionati, 4 marta UEFA Superkubogi, 4 marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya kubogi sohibi bo‘lgan. “Real Madrid” jamoasi safida 402 ta o‘yin o‘tkazib, 42 ta gol urgan va 79 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Bayer Leverkuzen” jamoasi o‘tgan mavsumda Bundesligani ikkinchi o‘rin bilan yakunlagan va bu mavsum UEFA Chempionlar ligasida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda “Transfermarkt ” portalida Lukas Vaskes 3 mln yevroga baholangan.
Live
Barchasi