“Real”ning sobiq a’zosi La Ligaga qaytishi mumkin

Sport

image

Braziliyaning “San-Paulu” klubi hujumchisi Xames Rodriges Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Selta” allaqachon kolumbiyalik futbolchi bilan bog‘lanib, muzokaralar olib borgan. Tez orada Ispaniya klubi “San-Paulu”ga  rasmiy taklif bilan chiqadi.

Rodriges 2014 yildan 2020 yilgacha “Real” safida Ispaniya chempionatida o‘ynagan. Shuningdek, Xames Angliya chempionatiga qaytishi mumkinligi ham aytilmoqda. Uning xizmatlariga “Everton” qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Rodriges joriy mavsum “San-Paulu” safida 4 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.  “Transfermarkt”ga ko‘ra, uning qiymati 4,5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Xames Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made