“Real”ning “Palmeyras”dagi a’zosi noma’lum muddatga safdan chiqdi

Sport

image

Bugun, 16 may kuni Braziliyada Libertadores kubogining guruh bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va unda mahalliy “Palmeyras” Ekvadorning “Independente” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ikkinchi bo‘limda “Palmeyras” hujumchisi Endrik jarohat oldi. Uni zambilda maydondan olib chiqishdi. Jarohatning jiddiy-jiddiymasligi hozircha noma’lum.

Qayd etish, Endrik allaqachon “Real” bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, u 18 yoshga to‘lganidan keyin “qirollik klubi” a’zosiga aylanadi. Endrik “Palmeyras”dan “Real Madrid”ga o‘tayotgani uchun allaqachon 11,25 million yevro bonusga ega bo‘lgan. Shuningdek, Endrikning har 5 ta goliga madridliklar “Palmeyras”ga 2,5 million yevro to‘lashi belgilangan.

Braziliyalik futbolchi transfer shartnomasini imzolaganidan beri 20 ta gol urdi. Futbolchi Braziliya terma jamoasiga chaqirilgani uchun “Palmeyras” yana 1,25 million yevro ishlab oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Palmeyras Endrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing