“Real”ning “Espanol” bilan o‘yin hakamlari ustidan shikoyat talablari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
06 fevral 2400 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi La Liga 21-turi doirasidagi “Espanol” himoyachisi Karlos Romeroning “qaymoqranglilar”ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappega qo‘pol zarbasi bo‘yicha bosh hakam Alexandro Munis Ruis va VAR assistenti Iglesias Vilyanueva o‘rtasidagi suhbatni yozib olishni talab qilmoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha audioyozuv e’lon qilinmagan, biroq hakamlar qo‘mitasi odatda har doim VAR aralashuviga oid parchalarni joylashtiradi. Qayd etilishicha, “Real” so‘ralgan yozuvni olmasa, ma’muriy sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin. Tegishli da’vo tayyorgarlik bosqichida va ish jinoiy tus olishi mumkin.
Qolaversa, madridliklar futbol federatsiyasi va hakamlar qo‘mitasiga ham muddat belgilangan – 7 fevralgacha. Agar ularning talablari qondirilmasa, hujjatlar albatta sudga yuboriladi.
Ma’lumot uchun, “Espanol” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuvda 1:0 hisobida kataloniyaliklar g‘alaba qozondi. Bu mag‘lubiyatdan keyin “Real”ning ta’qibchilari “Atletiko” va “Barselona” turnir jadvalidagi tafovutni qisqartirib oldi. Hozirda “qirollik klubi” 49 ochko bilan chempionatda karvonboshilik qilayotgan bo‘lsa, 48 ochko to‘plagan “Atletiko” ikkinchi, 45 ochko to‘plagan “Barselona” 3-o‘rinni band etgan.
Live
Barchasi