“Real”ning afsonaviy futbolchisi “Al-Nasr”da faoliyat boshladi
Sport
−
05 iyun
3337Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi afsonasi Fernando Yerro “Al-Nasr”ning sport direktori bo‘ldi. Bu haqda Saudiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.
2022 yildan 2024 yilgacha Yerro Meksikaning “Gvadalaxara” klubida sport direktori lavozimida ishlagan.
56 yoshli mutaxassis Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasini boshqargandi. Bundan tashqari, murabbiy 2014-2015 yillarda “qirollik klubi”da yordamchi murabbiy bo‘lib faoliyat yuritgan. 2016-2017 yillarda esa “Real Ovedo” jamoasiga ustozlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Emerik Lyaport kabi futbolchilardan iborat “Al-Nasr” o‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 2-o‘rinni egalladi.