“Real” musobaqadan “uchdi”. Anchelotti mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Atletik Bilbao”ga qarshi (0-1) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 

“Natija bizni ranjitdi. Biz o‘zimiz qatnashayotgan barcha turnirda g‘alaba qozonishni xohlardik. O‘ylaymanki, o‘z xatolarimizni to‘g‘irlaymiz. O‘yin tengkurashlar ostida o‘tdi.

Karim Benzema kabi futbolchi bizga kamlik qildi. Bilbaoliklar qattiq pressing qilishdi va so‘nggi daqiqada gol urishdi. Kazemiro va Alabaning tezligidan  foydalanishimiz kerak edi”, degan italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 fevralda o‘tkazilgan “Copa Del Rey” chorak finalidagi ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng madrid klubi turnirni tark etdi. “Atletik” klubi Veska Verengerning 89-daqiqadagi goli evaziga yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

Shuhrat Homidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing