“Real” muxlislari Kepani jiddiy tanqid qildi
Sport
−
23 yanvar
2856Joriy yilning 21 yanvar kunida Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida o‘z maydonida “Almeriya“ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 3:2 hisobida yakunlandi.
Darvozabon Kepa Arrizabalaga o‘yin davomida birorta ham seyvni amalga oshira olmadi, shu bois u “Real Madrid” muxlislari tomonidan izohlarda juda ko‘p tanqidlarga uchradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda posbonga qarata “Darvozaga qo‘yilgan qo‘g‘irchoq Kepadan ko‘ra foydaliroq bo‘lardi”, “Men Kepadan nafratlanaman”, “Kepani tanaffusda “Chelsi”ga qaytaring” va shunga o‘xshash fikrlar bildirilgan.
Kepa 2023 yil avgustida mavsum oxirigacha ijara asosida “Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan. 29 yoshli ispaniyalik darvozabonning transferi “qaymoqranglilar”ning asosiy darvozaboni Tibo Kurtuaning jiddiy jarohati bilan bog‘liq edi.
Joriy mavsumda Kepa 18 ta o‘yinda maydonga tushdi, shulardan 7 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, qolganlarida esa 18 ta gol o‘tkazib yubordi.
LiveBarchasi