“Real” Mbappening transferi bo‘yicha harakatini boshladi

Sport

image

“Real” kelasi haftada PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan ehtimoliy transfer borasida bog‘lanishi kutilmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Ramon Alvares de Mona o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ispan klubi allaqachon kerakli hujjatlarni tayyorlashga kirishgan. “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres ham hujumchi bilan gaplashmoqchi.

Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Shartnoma tugashiga olti oy qolganda tomonlar muzokara olib borishi mumkin.

Qayd etilishicha, kelasi hafta futbolchining Madrid klubiga o‘tishi masalasida hal qiluvchi palla bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, transfermarkt 180 million yevroga baholayotgan 25 yoshli futbolchi joriy mavsum PSJ safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made