“Real” Mbappeni shu yozda o‘z safiga qo‘shib olmasligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni shu yozda sotib olish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Diaz o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar fransiyalik futbolchining transferini rad etmayapti, “Real” Mbappeni 2024 yilning qishida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi.

Ta’kidlash joiz, joriy mavsumni 29 ta gol bilan yakunlagan Kilian Mbappe Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Mavsumning so‘nggi o‘yinida “Klermon”ga qarshi o‘yinda (2:3) dubl qayd etgan fransiyalik hujumchi “Lion” yetakchisi Aleksandr Lyakazettdan (27) ikki to‘p farqi bilan o‘zib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing