“Real” Mbappega katta bonus to‘ladi

Sport

image

Madridning “Real” klubi fransiyalik futbolchi Kilian Mbappega 117 million yevro miqdorida bonus to‘ladi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qaymoqranglilar” yaqinda fransiyalik forvardga 117 million yevro + yillik maosh miqdoridagi shartnoma bonusi to‘lagan.

Mbappe “Real”ga yozgi transfer oynasida qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. 

Qayd etish joiz, Mbappe yozgi transfer oynasida PSJni tark etgan va “Real” bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. 26 yoshli hujumchi “qirollik klubi” safida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. Mbappening jamoadagi yillik maoshi 30 million yevrodan ortiq.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing