“Real” Mbappe uchun yirik miqdorda qarz oldi
Jamiyat
−
24 aprel 2021 9889 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real” klubi bir qancha banklardan 328 mln yevro miqdorida qarz oldi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar bu kreditni yil boshida olishgan, ammo hanuz joriy qarzlari bo‘yicha hisob-kitoblar operatsiyalaridan boshqa narsalarga ishlatishmagan.
Nashrga ko‘ra, kredit mablag‘ining katta qismi PSJ klubining hujumchisi Kilian Mbappe tranfseri uchun sarflanadi.
Joriy mavsumda Mbappe 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.de portali fransuzni 160 mln yevroga baholayapti.
Live
Barchasi