“Real” Mbappe bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi – manba

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe “Real” bilan 5 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kelishuv 2024 yilning yozida, Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi tugashi bilan kuchga kiradi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

25 yoshli Mbappe “Real”ga erkin agent sifatida o‘tadi. Futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etish qarori haqida PSJ prezidentini shaxsan xabardor qilgan.

PSJ tarkibida Mbappe 5 karra Fransiya chempioni, 3 karra mamlakat kubogi va superkubogi sohibiga aylandi va ikki marta Fransiya Liga kubogini qo‘lga kiritdi.

Fransiya terma jamoasi tarkibida 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa, 2022 yilgi mundialda 8 ta gol bilan to‘purar bo‘ldi va chempionatning kumush medalini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing