“Real” Zidan o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan lavozimini tark etsa, jamoaga italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti rahbarlik qilishi mumkin. Bu haqda “Daily Mirror” nashri xabar berdi.

Klub rahbariyati Anchelotti nomzodini Zidan mavsum oxirida murabbiylikdan ketgan taqdirda uning o‘rniga qo‘yish uchun ko‘rib chiqyapti.

Hozirda “Everton” jamoasining bosh murabbiyi bo‘lgan Anchelotti 2013-2015 yillarda “Real”da ishlagan. U Madrid jamoasi bilan Chempionlar Ligasi, Ispaniya kubogi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon kubogini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Fiorentino Peres klub bosh murabbiyi lavozimiga boshqa bir italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri nomzodini ham ko‘rib chiqyapti. Klub u bilan aloqaga ham chiqqan.

Avvalroq, Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi, fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan ushbu mavsum oxirida o‘z lavozimidan ketmoqchiligi xabar qilingandi.

 

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing