“Real Madrid” Vinisiusga ultimatum qo‘ydi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi rahbariyati hujumchi Vinisius Juniorga yangi shartnoma borasida qat’iy talab qo‘ydi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar braziliyalik futbolchiga yangi shartnomani imzolashni aks holda klubdan boshqa taklif kutmaslik kerakligini ma’lum qilgan. Agar qanot hujumchisi kelishuvni uzaytirishdan bosh tortsa, “Qirollik klubi” uni transferga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Xabarda aytilishicha, Vinisiusga avvalroq qiziqish bildirgan Londonning “Arsenal” klubi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatmoqda.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018 yil yozidan buyon “Real Madrid” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing